Abu-Dabidagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston asali namoyish etildi

Oktabr 07, 2026. 19:30 • 2 daq

• 277
Abu-Dabidagi xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston asali namoyish etildi

ABU-DABI, 7-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Ab-u-Dabida o‘tkazilayotgan «Global Food Week» xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida O‘zbekistonning «Jizzah Zomin asali» kompaniyasi ham ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbir BAA vitse-prezidenti Mansur bin Zoid Ol Nahayon homiyligida o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida qator davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

BAA tashqi savdo vaziri Tani Al Zeyaudi hamda Ab-u-Dabi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi agentligi bosh direktori Tareq Al Ameri ushbu nufuzli tadbirning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi tashabbuslar va ilg‘or yondashuvlarni namoyish etish, sohadagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish ko‘rgazmaning asosiy vazifalariga aylandi.

«Jizzah Zomin asali» kompaniyasi ko‘rgazmada 20 dan ortiq turdagi mahsulotlarini namoyish etib, o‘zbek tovarlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish va xorijiy hamkorlar bilan aloqalar o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish