Londonda Markaziy Osiyo diasporalari vakillari o‘rtasida futbol turniri o‘tkazildi

Oktabr 13, 2026. 16:30 • 58 soniya

• 190
Londonda Markaziy Osiyo diasporalari vakillari o‘rtasida futbol turniri o‘tkazildi

LONDON, 13-oktabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniya poytaxtida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston diasporalari vakillari ishtirokida do‘stlik futbol turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu sport tadbiri Markaziy Osiyo davlatlarining Buyuk Britaniyadagi elchixonalari tashabbusi bilan tashkil etildi. 

Turnirda diasporalar vakillaridan tuzilgan sakkizta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa davomida qatnashchilar nafaqat sport mahoratini namoyish etdilar, balki boshqa qardosh mamlakatlardan kelgan birodarlar bilan yaqindan tanishish, fikr almashish va yangi do‘stlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

Bu kabi tashabbuslar turli jamoalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, kelgusidagi qo‘shma loyihalar uchun mustahkam zamin yaratish hamda Buyuk Britaniyada Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari o‘rtasidagi hamjihatlikni yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish