Dyax Putri: Indoneziya O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda

Iyun 19, 2026. 12:30 • 2 daq

78
Dyax Putri: Indoneziya O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda

TOSHKЕNT, 19-iyun. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida qatnashgan Indoneziya savdo vaziri o‘rinbosari Dyax Putri “Dunyo” AA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi.

– Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim ustida ish olib borildi. Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida qaralmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatning sarmoyalar uchun ochiqligi siyosatini bir necha bor ta’kidlagan va bu amalda o‘z ifodasini topmoqda. Mamlakat transport aloqalarini, raqamli texnologiyalarni, sun’iy intellektni faol rivojlantirmoqda, mehmonxona sektori va turizmga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu yo‘nalishlar barqaror iqtisodiy o‘sish va xalqaro sheriklikni kengaytirish uchun zamin yaratadi.

Indoneziya dunyodagi eng yirik arxipelag va Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik iqtisodiyotlaridan biri sifatida O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. O‘zbekiston hukumati tomonidan Indoneziya bilan hamkorlikka qiziqish bildirilayotgani iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini sezilarli darajada oshirishi hamda nafaqat an’anaviy savdo sohalarida, balki yangi yo‘nalishlarda, jumladan, kichik va o‘rta biznes bo‘yicha sheriklikni kengaytirishi kutilmoqda. Shuningdek, turizm ham o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Tarixan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar chuqur ildizlarga ega. Xususan, Indoneziyaning birinchi Prezidenti Sukarno Imom al-Buxoriy merosiga qiziqishni uyg‘otishda muhim rol o‘ynagan. Samarqand esa bugungi kunda ham madaniy, diniy va tarixiy jozibadorlik markazi bo‘lib qolmoqda.

Ushbu salohiyatni inobatga olgan holda, tomonlar O‘zbekiston bilan turli sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish va sheriklikni mustahkamlashga tayyor ekanini bildiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish