Anqarada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Dekabr 16, 2025. 13:04 • 2 daq

625
Anqarada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Anqarada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Anqarada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Anqarada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Anqarada vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

ANQARA, 16-dekabr. /“Dunyo” AA/. Turkiya poytaxtida elchixona tomonidan vatandoshlar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etilib, unda davlat ramzlarining inson hayotidagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Turkiyada mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz, Anqaradagi oliy taʼlim muassasalari va harbiy bilim yurti akademiyasida tahsil olayotgan talaba va kursantlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixi va huquqiy ahamiyatiga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mamlakatimizda konstitutsion islohotlar izchil davom etayotgani, asosiy qonunimizning demokratik tamoyillarini hayotga tatbiq etishdagi o‘rnini alohida taʼkidladi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Ilhom Haydarov so‘zga chiqib, yurtimizning halqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashda davlat ramzlari – konstitutsiya, bayroq va madhiyaning o‘rni va ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda Anqara Haji Bayram Vali universiteti professori Zaynobiddin Abdurashidov O‘zbekiston Konstitutsiyasining inson huquq va erkinliklari va demokratik rivojlanishidagi roli to‘g‘risida fikr bildirdi.

Turkiyada tahsil olayotgan talabalar bunday madaniy-maʼrifiy tadbirlar fuqarolarning Vatanga sadoqatini va maʼnaviy bog‘liqligini mustahkamlash, diplomatik muassasa va diaspora bilan strategik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishini alohida taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
“Dunyo” AA reportajiIyun 13, 2026. 15:00
Toshkentda Markaziy Osiyo sinologlarining ikkinchi forumi boshlandi
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalaridaIyun 13, 2026. 14:00
Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi Qatardaga keng jamoatchilikka tanishtirildi
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Iqtisodiy diplomatiyaIyun 13, 2026. 13:30
Toshkentda Sankt-Peterburg ishbilarmonlik markazi ochiladi
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi
Iqtisodiy diplomatiyaYanvar 01, 1970. 06:00
Shanxay kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

Barchasi