27-28-iyul kunlari Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Iyul 27, 2026. 10:00 • 59 soniya

95
27-28-iyul kunlari Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

CHOLPON-OTA, 27-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlanadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kabar” Qirg‘iziston milliy axborot agentligiga ko‘ra, kecha “Issiqko‘l” (Tamchi) xalqaro aeroportiga 27–28 iyul kunlari Cholpon-Ota shahrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston madaniyati kunlarida ishtirok etish uchun mamlakatimiz ijodiy delegatsiyasi yetib keldi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov boshchilik qilmoqda.

Delegatsiya tarkibidan 200 ga yaqin madaniyat va sanʼat vakillari, jumladan, taniqli ijrochilar, sozandalar, raqs jamoalari, madaniyat arboblari o‘rin olgan.

Ikki kun davomida ular Issiqko‘l viloyati aholisi va mehmonlariga O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi hamda milliy sanʼatimizning zamonaviy yutuqlarini aks ettiruvchi madaniy dasturni taqdim etadilar.

Vazirlik xabarida taʼkidlanishicha, Madaniyat kunlarining o‘tkazilishi Qirg‘iziston va O‘zbekiston madaniy hayotida muhim voqea bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish