Belarus poytaxtidagi O‘zbek madaniyat markaziga ikki yil to‘ldi

Noyabr 23, 2026. 16:30 • 2 daq

• 64
Belarus poytaxtidagi O‘zbek madaniyat markaziga ikki yil to‘ldi

MINSK, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti qoshidagi O‘zbek madaniyati markazi ochilganining ikki yilligi munosabati bilan xalqaro madaniy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Minskdagi diplomatik vakolatxonalar diplomatlari, davlat idoralari va tashkilotlari vakillari, ikki davlat oliygohlari rahbariyati, o‘qituvchilar, talabalar, 12-gimnaziya o‘quvchilari hamda “Zubryonok” va “Jdanovichi” bolalar sog‘lomlashtirish markazlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

“O‘zbek madaniyati markazi: do‘stlik va hamkorlikning ikki yili” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqan Belarus davlat pedagogika universiteti prorektori Aleksandr Franskevich, Namangan davlat pedagogika instituti rektori vazifasini bajaruvchi Murodxon Qodirxonov va boshqalar 2024-yil 19-noyabr kuni ochilgan mazkur markaz qisqa vaqt ichida o‘zaro akademik, ilmiy va madaniy muloqotning muhim maydoniga aylanganini alohida ta’kidladi.

Belarus davlat pedagogika universiteti mamlakatimizning 16 ta oliy ta’lim muassasasi bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. O‘tgan ikki yil davomida O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida markazda o‘zbek tilini o‘rganish, xalqimizning boy tarixi, adabiyoti va milliy an’analarini targ‘ib etishga qaratilgan ko‘plab tadbirlar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda avlodlar o‘rtasidagi muloqot muhim ahamiyat kasb etishi e’tirof etildi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston va Belarus talaba-yoshlari hamda ijodiy jamoalari ijrosida ikki xalqning milliy kuy-qo‘shiqlari, raqslari va badiiy chiqishlaridan iborat bayram dasturi namoyish etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish