Logo

Bokuda O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi

Fevral 06, 2026. 09:00 • 36 soniya

262
Bokuda O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi
Bokuda O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi
Bokuda O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi
Bokuda O‘zbek tili va adabiyoti markazi ochildi

BOKU, 6-fevral. /“Dunyo” AA/. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon tillar universitetida O‘zbek tili va adabiyoti markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda rektorlar Ilxomjon To‘xtasinov va Kamal Abdulla, Ozarbayjon–O‘zbekiston parlamentlararo aloqalar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari, deputat Eldar Ibrohimov hamda boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, ittifoqchilik va strategik sheriklik aloqalari izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Ozarbayjon tillar universitetining bir guruh talabalari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida doktorantura bosqichida tahsil olishi rejalashtirilayotgani taʼkidlandi.

Mazkur markazning ochilishi ikki birodar xalq o‘rtasidagi maʼnaviy va madaniy rishtalarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish