Pokiston OAV: O‘zbekistonda chet elliklarga QQSni qaytarish yo‘lga qo‘yildi

Iyul 17, 2026. 15:30 • 2 daq

125
Pokiston OAV: O‘zbekistonda chet elliklarga QQSni qaytarish yo‘lga qo‘yildi
Pokiston OAV: O‘zbekistonda chet elliklarga QQSni qaytarish yo‘lga qo‘yildi

ISLOMOBOD, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Global News Pakistan”, “Diplomatic Affairs”, “MNN News” va “The World News” onlayn nashrlari “O‘zbekistonda xorijiy sayyohlar uchun QQSni qaytarish tizimi yo‘lga qo‘yildi” sarlavhali maqolalarni eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ularda 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy fuqarolar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (Tax Free) qaytarish tizimi joriy etilgani, yangi tizim sayyohlarga mamlakat hududida xarid qilingan tovarlar uchun QQSni qaytarib olish imkonini berishi taʼkidlangan.

Maʼlum qilinishicha, mablag‘lar naqd pul shaklida yoki bank kartasiga o‘tkazish orqali qaytarilishi mumkin. Naqd pulsiz shakl tanlanganda, mablag‘lar tovar mamlakatdan olib chiqilgandan so‘ng 3 ish kuni ichida o‘tkaziladi.

“Mazkur tizimning joriy etilishi O‘zbekistonning xorijiy sayyohlar uchun jozibadorligini yana-da oshirishi, chakana savdo hajmini kengaytirishi hamda turizm sohasining izchil rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, jarayonni soddalashtirish maqsadida uni raqamlashtirish, xususan zamonaviy axborot texnologiyalari va mobil yechimlardan keng foydalanish rejalashtirilgan”, – deya xabar qilgan Pokiston OAV.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish