“Aloqabank” London fond birjasiga 300 million dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirdi

May 23, 2026. 16:30 • 48 soniya

13
“Aloqabank” London fond birjasiga 300 million dollarlik yevroobligatsiyalarni joylashtirdi

LONDON, 23-may. /“Dunyo” AA/. ATB “Aloqabank” xalqaro bozorda ilk bor 300 million AQSH dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Obligatsiyalar besh yil muddatga, yillik 7,7 foizlik kupon stavkasi bilan chiqarilib, London fond birjasida ro‘yxatga olindi.

Ushbu joylashtiruv xalqaro investorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Buyurtmalar hajmi dastlab rejalashtirilgan emissiya miqdoridan qariyb to‘rt baravar ko‘p bo‘ldi. Bu O‘zbekiston iqtisodiyoti va bank faoliyatiga ishonch ortib borayotganidan dalolat beradi.

Mazkur bitimda “Citibank” yetakchi anderrayter bank sifatida ishtirok etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish