Britaniya taʼlim muassasasi O‘zbekistondagi oromgohga kompyuter texnikalarini taqdim etdi
Iyul 07, 2026. 16:30 • 2 daq
• 108
LONDON, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning “MBF Academy” muassasasi tomonidan Shahrisabz tumanidagi “Ziyo chashmalari” bolalar oromgohiga zamonaviy kompyuter texnikalari taqdim etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu xayrli ish ijtimoiy hamkorlik va xalqaro taʼlim aloqalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirildi.
Mazkur tashabbus yosh avlodning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ular uchun zamonaviy taʼlim muhitini shakllantirish hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Taqdim etilgan kompyuter jihozlari oromgohda tashkil etiladigan IT mashg‘ulotlari, axborot texnologiyalari to‘garaklari, interaktiv darslar va turli tanlovlarni yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qiladi. Bu bolalarning AKT yo‘nalishidagi bilimini oshirish, dasturlash, raqamli texnologiyalar va internetdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha salohiyatini boyitishga yordam beradi.
“MBF Academy” Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan xususiy taʼlim muassasasi bo‘lib, xalqaro taʼlim, ilmiy hamkorlik, talabalar, olimlar, universitetlar va turli sohalar mutaxassislari uchun xalqaro malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi