“Ukrinform” AA: O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma yonilg‘i ishlab chiqarish loyihasini muhokama qilmoqda
Sentabr 09, 2026. 18:00 • 2 daq
• 54
KIYEV, 9-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Ozarbayjon mamlakatimiz ichki bozori uchun avtomobil hamda aviatsiya yonilg‘isini qo‘shma tarzda ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Ukrinform” axborot agentligiga tayanib.
O‘zbekiston energetika vaziri Sherzod Xo‘jayevning maʼlum qilishicha, qo‘shma ishlab chiqarish bo‘yicha muhokama qilinayotgan loyihalardan biri O‘zbekiston va Ozarbayjonning neftni qayta ishlash quvvatlarida yonilg‘i-moylash materiallarini chiqarishni nazarda tutadi.
Shuningdek, Energetika vazirligi mamlakatlar neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berish, uglevodorod xomashyosini qo‘shma qayta ishlash, texnologiyalar almashish hamda barqaror logistika zanjirlarini yaratish masalalarini ko‘rib chiqayotganini bildirdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ichki talabni qondirish hamda manbalarni diversifikatsiya qilish maqsadida muqobil yetkazib berish yo‘nalishlarini faol kengaytirmoqda. Bundan avval Gruziya va Iroqdan aviatsiya kerosini yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Xitoy kompaniyalari bilan Jet A-1 markali aviakerosinni uzoq muddatli yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borgani xabar qilingan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi