“Kyiv Diplomatic”: Turizm O‘zbekiston xizmatlar eksporti o‘sishining asosiy omiliga aylandi
Sentabr 14, 2026. 16:00 • 2 daq
• 92
KIYEV, 14-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Ukrainaning ommabop “Kyiv Diplomatic” jurnalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish va turizm sohasining jadal rivojlanishiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda qayd etilishicha, 2026-yilning yanvar–iyul oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston xizmatlar eksporti hajmi 7,3 milliard dollarni tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 35,3 foizga o‘sgan.
Mamlakat umumiy eksporti hajmida xizmatlar ulushi 36,8 foizni tashkil qilgan. Xizmatlar eksporti tarkibida turizm va sayohat sohasi 53,8 foizlik ulush bilan yetakchi o‘rinni egallagan. Transport xizmatlari ulushi 31,7 foizni, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari 8,5 foizni, boshqa ishbilarmonlik xizmatlari esa 2,9 foizni tashkil etgan.
Maqolada yozilishicha, xizmatlar eksportida turizmning ustunligi sohaning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni ortib borayotganidan dalolat beradi. Bunga xorijiy sayyohlar oqimining ortishi, yangi mahsulotlar yaratilishi va zamonaviy infratuzilmaning rivojlanishi yordam bermoqda.
Nashrda bunday yuqori ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning xalqaro sayyohlik bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi ekani xulosa qilingan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi