Ozarbayjon Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
Avgust 23, 2026. 14:18 • 55 soniya
• 48
TOSHKENT, 23-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida bugun davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasi kutib oldilar.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar.
Sammit davomida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi