O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro velosipedchilar ittifoqi rahbarini qabul qildi

Noyabr 27, 2026. 17:03 • 2 daq

• 15
O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro velosipedchilar ittifoqi rahbarini qabul qildi

TOSHKЕNT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Xalqaro velosipedchilar ittifoqi prezidenti David Lappartyanni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida mamlakatimizning ushbu nufuzli sport tashkiloti bilan samarali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

David Lappartyan O‘zbekistonning velosport va paravelosportda erishgan yutuqlarini hamda yurtimizda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turi bilan shug‘ullanishga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni alohida e’tirof etdi.

Sportchilarni tayyorlash va murabbiylarning malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ilgari surish, Toshkent shahrida Jahon velosport markazining mintaqaviy filialini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida O‘zbekistonda velosport bo‘yicha yirik xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarini o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida sport tashkiloti rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti velosportni rivojlantirish va ommalashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo velosport konfederatsiyasining oliy faxriy mukofoti – “Prezident mukofoti”ga sazovor bo‘lganini mamnuniyat bilan ma’lum qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish