O‘zbekiston Prezidenti Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi

Avgust 01, 2026. 13:20 • 2 daq

31
O‘zbekiston Prezidenti Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilishida ishtirok etdi

TOSHKENT, 1-avgust. /“Dunyo” AA/. Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari norasmiy Maslahat uchrashuvi dasturiga muvofiq, bugun Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-prisining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yetakchilar musobaqa ishtirokchilari va mehmonlarini qutladilar.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga sportchilarning saralash poygasini kuzatdi.

Gran-pri Xalqaro suv-motor sporti ittifoqi shafeligida o‘tkazilayotgan “suvdagi Formula-1” nomi bilan mashhur bo‘lgan F1H2O jahon chempionatining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Musobaqalarda har yili turli mamlakatlardan professional jamoa va sportchilar ishtirok etadi. Jahon chempionati bosqichi Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilmoqda.

Dasturdan mashg‘ulotlar, saralash bosqichi hamda soatiga 220 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanuvchi tezyurar qayiqlardagi asosiy poyga o‘rin olgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish