O‘zbekiston Prezidenti BMT Aholishunoslik jamg‘armasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi
May 13, 2026. 19:32 • 2 daq
• 3
TOSHKENT, 13-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keytani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida UNFPA rahbari mamlakatimiz yetakchisiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
BMTning aholishunoslik sohasidagi nufuzli instituti bilan hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonning UNFPA bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani taʼkidlandi. Reproduktiv salomatlik, gender tenglik, demografik barqarorlikni taʼminlash sohalarida muhim loyihalar amalga oshirildi. Jamg‘arma mamlakatimiz tarixidagi birinchi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etdi.
Ona va bola salomatligini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini himoya qilish borasidagi ijobiy natijalar alohida qayd etildi.
Hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, jumladan, mamlakat dasturi doirasida yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, O‘zbekistonda va BMT doirasida yuqori darajadagi tadbirlarni o‘tkazishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon va Buyuk Britaniyaning neft-gaz sohasidagi yetakchi kompaniyalar delegatsiyalarini qabul qildi



