Saida Mirziyoyeva: Ta’lim sohasi – O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning muhim qirralaridan biridir
Oktabr 15, 2026. 13:00 • 2 daq
• 19TOSHKЕNT, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ibn Haldun universiteti Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Najmiddin Bilol Erdo‘g‘on bilan birga Istanbuldagi mazkur oliygoh hamda “Yenidog‘u” maktabiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Istanbulda Najmiddin Bilol Erdog‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordik, – deb yozdi bugun Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Ushbu muassasalarning o‘qitish uslublari, yondashuvlari menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu yerda ta’lim sifatiga, yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarish va ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bunday ilg‘or amaliyot o‘zaro hamkorlik uchun keng yo‘l ochadi. Tashrif davomida ta’lim maskanlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, tajriba almashish hamda maktab o‘quvchilari, talabalar, pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib oldik.
Ta’lim sohasi – O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning muhim qirralaridan biridir. Mazkur yo‘nalishdagi hamkorligimiz yoshlarning o‘qib-o‘rganishi, dunyoqarashi o‘sishi hamda bir-birini yanada yaqindan tanishiga xizmat qiladi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi






