Rossiyadagi vatandoshlarning yurtimizga qaytishiga ko‘maklashildi

Sentabr 24, 2026. 09:00 • 46 soniya

107
Rossiyadagi vatandoshlarning yurtimizga qaytishiga ko‘maklashildi

ROSTOV-DON, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda to‘rt nafar hamyurtimizga vatanga qaytishda yordam ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aniqlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari Krasnodar o‘lkasida mehnat faoliyatini amalga oshirgan. Ular turli qiyin vaziyatlar tufayli og‘ir ijtimoiy-moddiy ahvolga tushib qolgan. Yurtdoshlarimizning ikki nafari yosh farzandlari bilan bo‘lgan.

Xorijdagi vatandoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat tomonidan olib borilayotgan siyosat doirasida hamyurtlarimizga zarur yordam ko‘rsatildi, ularga aviachiptalar sotib olindi.

O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida vatandoshlar farzandlari bilan O‘zbekistonga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish