Logo

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Pokiston elchisi bilan uchrashdi

Aprel 29, 2026. 21:14 • 1 daq

271
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Pokiston elchisi bilan uchrashdi

TOSHKENT, 29-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bugun Pokiston elchisi Ahmed Faruq bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston–Pokiston strategik sherikligining dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport, logistika va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Afg‘oniston yo‘nalishida hamkorlik qilish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, shuningdek, yirik transport-kommunikatsiya loyihalarini, xususan, Transafg‘on temir yo‘lini amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, muntazam aloqalarni davom ettirish hamda mintaqada barqarorlik, ishonch va izchil rivojlanishni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda ilgari surishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish