Suriyaning Halab shahrida O‘zbekiston savdo uyi rasman ish boshladi
May 22, 2026. 10:25 • 2 daq
• 6HALAB, 22-may. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 21-may kuni Suriyaning Halab shahrida “O‘zbekiston–Suriya Savdo uyi” va distributsiya markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur Savdo uyi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Ahmad Kalash Ltd” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov hamda ikki mamlakatning 100 dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etdi.
Mazkur markaz ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini Suriya bozoriga olib chiqish hamda logistika va distributsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatimizdan Halabga transport yo‘nalishida 1 ta konteynerni yetkazish taxminan 10 kun davom etadi va narxi o‘rtacha 2,5 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Markaz orqali “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlarni Suriya bozorida keng targ‘ib qilish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni kuchaytirish va yangi eksport yo‘nalishlarini shakllantirish rejalashtirilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Kuala-Lumpurda O‘zbekistonning sarxil mevalar eksport imkoniyatlari namoyish etildi








