Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida transport va kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Iyul 31, 2026. 14:30 • 53 soniya

41
Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida transport va kommunikatsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

ASHXOBOD, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Botir Annayev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar transport, logistika va kommunikatsiya sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning eng muhim omillari sifatida zamonaviy transport infratuzilmasini yana-da rivojlantirish, xalqaro transport koridorlari samaradorligini oshirish hamda yuk tashuvchilar uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha transport tranziti, logistika va kommunikatsiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, sohaviy idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish hamda qo‘shma tashabbuslarni izchil ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish