TIVda Ozarbayjon elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avgust 11, 2026. 23:00 • 45 soniya

9
TIVda Ozarbayjon elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 11-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov bugun Ozarbayjon elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish