Logo

TIVda Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

May 08, 2026. 18:05 • 53 soniya

75
TIVda Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 8-may. /“Dunyo” AA/. TIVda Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi (ICMPD) bosh direktori o‘rinbosari Sedef Diring bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, jumladan, ketishdan oldingi tartib-taomillarni tashkil etish, qonuniy va tartibli migratsiya oqimlari tizimini shakllantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni kelishish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, jumladan, Toshkent shahridagi migrantlar uchun resurs markazi faoliyatini ko‘rib chiqdi va hamkorlikni yana-da kengaytirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish