O‘zbekiston va JICA Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi
May 07, 2026. 19:30 • 1 daq
• 340
TOSHKENT, 8-may. /“Dunyo” AA/. TIVda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Janubiy Osiyo departamenti bosh direktori Tetsuya Yamada o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat chog‘ida tomonlar Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Yaponiya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonga nisbatan pragmatik yondashuvini, Termiz shahrida yaratilgan infratuzilmani yuqori baholadi.
Shu bilan birga, Afg‘on xalqi farovonligini oshirish maqsadida taʼlim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, xususiy sektorni rivojlantirish va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohalarida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozimligini bildirdi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi