Shotlandiyada ishlayotgan Markaziy Osiyoliklar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazildi
May 15, 2026. 09:55 • 56 soniya
• 15DANDI, 15-may. /“Dunyo” AA/. Shotlandiyaning Dandi shahrida Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Musobaqada Shotlandiyaning turli hududlarida mehnat qilayotgan O‘zbekiston hamda qo‘shni davlatlar fuqarolaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi. Turnir o‘zaro hurmat, jamoaviy ruh va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi. Qatnashchilar maydonda hamjihatlik, o‘zaro hurmat va faollikni namoyon etdi.
Turnir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar hamda turnirda faol ishtirok etgan fuqarolar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tashkilotchilar bunday sport o‘yinlari mehnat muhojirlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda hamjihatlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

AQSHning Filadelfiya shahridagi forumda O‘zbekiston diasporasi faol ishtirok etdi






