AQSHning Filadelfiya shahridagi forumda O‘zbekiston diasporasi faol ishtirok etdi

May 14, 2026. 11:55 • 2 daq

70
AQSHning Filadelfiya shahridagi forumda O‘zbekiston diasporasi faol ishtirok etdi
AQSHning Filadelfiya shahridagi forumda O‘zbekiston diasporasi faol ishtirok etdi
AQSHning Filadelfiya shahridagi forumda O‘zbekiston diasporasi faol ishtirok etdi
AQSHning Filadelfiya shahridagi forumda O‘zbekiston diasporasi faol ishtirok etdi

FILADELFIYA, 14-may /“Dunyo” AA/. Filadelfiya shahrida AQSHdagi Osiyo-Amerika va Tinch okeani mintaqasi jamoalari merosiga bag‘ishlangan “AAPI Heritage Month Gala 2026” forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir Filadelfiya va atrof hududlardagi Osiyo-amerikalik biznes hamjamiyatini birlashtiradigan “AABAGP” tashkiloti tomonidan tashkil etildi. Mazkur tuzilma mintaqa bo‘ylab Osiyo jamoalari, biznes va jamoat tashkilotlari vakillarini birlashtiruvchi yirik ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.

Forumda xitoyliklar, hindlar, koreyslar, yaponlar, filippinlar, pokistonliklar, vyetnamliklar va boshqa diaspora vakillari, shuningdek Filadelfiya shahar maʼmuriyati hamda biznes tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

AQSHda bunday tadbirlar turli millat va jamoalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bu galgi forumda ilk bor vatandoshlar “Vatan Global Alliance” diaspora tashkiloti nomidan ishtirok etdi.

Ishtirokchilar taʼkidlashicha, bunday tadbirlarda qatnashish AQSH jamiyatida vatandoshlarning mavqeini mustahkamlash, boshqa milliy birlashmalar va jamoat-ishbilarmon doiralari bilan aloqalarni kengaytirish hamda O‘zbekistonning ijobiy imijini targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega.

Forum davomida o‘zbekistonlik ishtirokchilar boshqa diaspora tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi hamda Filadelfiyaning jamoat va munitsipal organlari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish