Logo

O‘zbekiston va Kuvayt zamonaviy beshkurash federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Fevral 16, 2026. 14:28 • 40 soniya

3
O‘zbekiston va Kuvayt zamonaviy beshkurash federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

AL-KUVAYT, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi va Kuvayt zamonaviy beshkurash federatsiyasi o‘rtasida rasmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida ikki davlat federatsiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi (protokol) imzolandi.

Mazkur hujjatga asosan, tomonlar kelgusida qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, o‘zaro turnir va musobaqalar o‘tkazish hamda sport menejmenti sohasida tajriba almashishga kelishib oldi. Kuvayt tomonidan federatsiya prezidenti, sport menejmenti fanlari nomzodi Nosir Salim Al-Valid ushbu hamkorlikning istiqbollarini yuqori baholadi.

Zamonaviy beshkurash 1912-yildan buyon Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan bo‘lib, unda sportchilar qilichbozlik, suzish, ot sporti (sakrash), o‘q otish va yugurish yo‘nalishlarida bellashadi. Kuvaytda ushbu sport turi so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda va mintaqadagi ilk ixtisoslashgan akademiya faoliyat yuritmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish