Logo

Chexiyada maxsus muassasada saqlanayotgan vatandoshlar bilan suhbat o‘tkazildi

Fevral 13, 2026. 15:01 • 52 soniya

66
Chexiyada maxsus muassasada saqlanayotgan vatandoshlar bilan suhbat o‘tkazildi

PRAGA, 13-fevral. /“Dunyo” AA/. Elchixona diplomatlari Chexiya jazoni ijro etish xizmati tasarrufidagi muassasada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan konsullik uchrashuvi o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida maʼlum bo‘ldiki, hamyurtimiz M.A. Chexiyada doimiy yashovchi shaxs bo‘lib, bezorilik va odamga tan jarohati yetkazish holatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi sifatida muassasaga olib kelingan. Unga sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan.

Yana bir hamyurtimiz M.S. bilan suhbatda aniqlanishicha, u Chexiyada uzoq muddat (18 yil) davomida qonuniy yashash tartibini buzgani sababli vakolatli organlar tomonidan qo‘zg‘atilgan deportatsiya jarayoni yakunini kutayotgan ekan.

Uchrashuv davomida fuqarolarning sog‘ligi, saqlanish sharoiti, ularga yaratilgan imkoniyatlar hamda huquqiy maqomi o‘rganildi, tegishli maʼlumotlar olindi. Suhbat jarayonida ularning murojaat va takliflari tinglandi. Fuqarolarga amaldagi qonunchilik normalari, ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan zarur huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, konsullik-huquqiy ko‘mak ko‘rsatish hamda ularning Vatanga qaytishi masalasini qonunchilik doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish