Logo

O‘zbekiston va Saffolk universiteti o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Fevral 08, 2026. 10:01 • 53 soniya

140
O‘zbekiston va Saffolk universiteti o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

LONDON, 8-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari va Saffolk universiteti prorektori Marek Xornak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida Britaniya tomoni O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va qo‘shma taʼlim loyihalarini joriy etishga katta qiziqish bildirdi. Xususan, Marek Xornak universitet, “dual diplom” (3+1 va 2+2) prinsiplari asosida hamkorlik qilish, talabalar va mutaxassislar uchun amaliyot dasturlarini tashkil etish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakunida o‘zbekistonlik o‘qituvchi-professorlar uchun malaka oshirish dasturlari va maxsus treninglar o‘tkazish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu kabi hamkorlik aloqalari yurtimizda oliy taʼlim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Saffolk universiteti 2007-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda unda 14 ming nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Muassasada amaliy fanlar, sanʼat, biznes boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, stomatologiya va IT yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 1,3 ming nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadigan universitet Britaniyaning eng jadal rivojlanayotgan oliy taʼlim maskanlaridan biri hisoblanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish