O‘zbekiston nashriyotlari Dushanbe xalqaro kitob ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Oktabr 24, 2026. 14:30 • 51 soniya
• 107DUSHANBЕ, 24-oktabr. /“Dunyo” AA/. Tojikiston milliy muzeyida “Dushanbe kitob – 2026” XIV xalqaro kitob ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Turkmaniston, Rossiya, Belarus, Hindiston va boshqa davlatlardan 30 ga yaqin nashriyot, matbaa korxonasi va kitob savdosi tashkilotlari ishtirok etmoqda.
Xususan, O‘zbekistondan “Mahorat” matbaa ijodiy uyi, “Fan bulog‘i” nashriyoti va “Surxondaryo kitob olami” MCHJ vakillari turli janrlardagi 200 dan ortiq adabiyot bilan qatnashmoqda.
Xalqaro kitob ko‘rgazmasi doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, yangi kitoblar taqdimotlari va turli muzokara uchrashuvlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

