Logo

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Fevral 17, 2026. 16:26 • 2 daq

119
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

TOSHKENT, 17-fevral. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizdagi “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasida infratuzilma yo‘nalishidagi strategik sheriklik bo‘yicha konferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Buyuk Britaniyaning biznes va savdo departamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda davlat idoralari vakillari, yirik investorlar, britaniyalik va o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev so‘nggi yillarda yurtimiz va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlik aloqlari tobora rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladi. U o‘zbek va ingliz kompaniyalari vakillarining strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan istiqbolli loyihalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur xalqaro tadbir mintaqaviy va global investitsiya muhiti uchun yangi platforma vazifasini o‘tab, jahon bozorida O‘zbekistonning jozibador investitsiya maskaniga aylanayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Konferensiyada asosiy eʼtibor sanoat sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarga qaratildi. Xususan, temir yo‘l va aeroport infratuzilmasi, shaharsozlik va qurilish, energetika, suv taʼminoti, sog‘liqni saqlash tizimi, investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik modellari haqida maʼlumot berildi.

Buyuk Britaniyaning Tashkentdagi elchisi Timoti Smart ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning yangi potensial yo‘nalishlari borasida fikr bildirdi. Uning taʼkidlashicha, bunday uchrashuvlar ikki tomonlama strategik muloqotni yana-da mustahkamlash va kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konferensiyaning panel muhokamalarida ishtirokchilar xalqaro moliya institutlari faoliyati, hamkorlikning samarali mexanizmlari, joriy loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy yechimlari, O‘zbekiston bozorining investorlar uchun raqobatbardosh jihatlari xususida fikr-mulohaza almashdi.

Konferensiya davomida nufuzli kompaniya vakillari o‘rtasida B2B shaklida turli uchrashuv tashkil etilib, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama amaliy kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish