“The Times Kuwait” gazetasi: O‘zbekiston ulkan taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda

Sentabr 05, 2026. 18:30 • 2 daq

102
“The Times Kuwait” gazetasi: O‘zbekiston ulkan taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda

AL-KUVAYT, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. “The Times Kuwait” gazetasida mamlakatimizning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusovning “O‘zbekiston 35 yoshda: tarixiy merosdan milliy taraqqiyotning yangi davri sari” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, mamlakat mustaqilligining 35 yilligi kelajakni belgilab berayotgan maqsadlar haqida mulohaza yuritish uchun muhim fursatdir. Mustaqillik uch ming yildan ortiq sivilizatsiya va milliy davlatchilik anʼanalariga tayanadi.

Diplomat maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar kun tartibining markaziga inson qadr-qimmati va xalq manfaatlari qo‘yilganini alohida qayd etadi. Majburiy va bolalar mehnatiga barham berilgani, valyuta konvertatsiyasi va ro‘yxatga turish tizimi isloh qilingani mamlakatning ochiqligini taʼminladi.

Iqtisodiy sohada kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizgacha qisqardi, yalpi ichki mahsulot hajmini joriy yilda 160 milliard dollarga, 2030-yilga qadar esa 300 milliard dollarga yetkazish vazifasi belgilandi. Taʼlim sohasida esa oliy o‘quv yurtlari talabalarining yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etmoqda, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yoshdan 75,4 yoshga oshdi.

Tashqi siyosatda O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil fevral oyida Kuvaytga amalga oshirgan birinchi rasmiy tashrifi va o‘tkazilgan muzokaralari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sog‘liqni saqlash va madaniy-gumanitar sohalarda keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Maqola yakunida diplomat kelayotgan o‘n yillik milliy taraqqiyotning yangi davri bo‘lishini va yettita yirik milliy dastur amalga oshirilishini taʼkidlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish