Belgradda O‘zbekiston davlat mustaqilligi kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

Sentabr 05, 2026. 20:30 • 2 daq

101

BELGRAD, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. Serbiya poytaxtida O‘zbekiston davlat mustaqilligi kuni munosabati bilan rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda 200 nafardan ortiq mehmonlar, jumladan, Serbiya parlamenti va hukumati rahbariyati, Belgradda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus, biznes va jamoatchilik doiralari vakillari hamda 40 nafardan ziyod o‘zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Serbiyaning Birinchi xonimi Tamara Vuchich, Serbiya Bosh vaziri Djuro Matsut, Xalq majlisi raisi Ana Brnabich, shuningdek, Serbiya tashqi ishlar vaziri Marko Djurich, Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Adriana Mesarovich, Qurilish, transport va infratuzilma vaziri Aleksandra Sofronevich, Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Sara Pavkov, tashqi va ichki savdo vaziri Yagoda Lazarevich, axborot va telekommunikatsiyalar vaziri Boris Bratina, xalqaro iqtisodiy hamkorlik vaziri Nenad Popovich, davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish vaziri Snejana Paunovich va boshqalar qabul marosimining faxriy mehmonlari bo‘ldi.

Tadbir O‘zbekiston va Serbiyaning davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

Qabul marosimi doirasida O‘zbekistondan tashrif buyurgan sanʼatkorlar va raqs jamoasi ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Anʼanaviy Xorazm “Lazgi” raqsining ijrosi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, kechaning eng yorqin lahzalaridan biriga aylandi.

Mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari, quritilgan mevalar va shirinliklar tortiq etildi.

Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan rasmiy qabul marosimida tomonlarning o‘zaro hurmati hamda o‘zbek-serb munosabatlarini yana-da mustahkamlashga bo‘lgan intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va ekologiya kabi ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish