Logo

O‘zbekiston diplomatlari Belarusdagi vatandosh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

May 08, 2026. 15:55 • 1 daq

73
O‘zbekiston diplomatlari Belarusdagi vatandosh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston diplomatlari Belarusdagi vatandosh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi

MOGILEV, 8-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi va Butunjahon yoshlar assotsiatsiyasi vakillari Belarus davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universitetida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Belarusda qo‘shma taʼlim dasturlari bo‘yicha tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Diplomatik missiya vakillari ishtirokchilarni xorijiy fuqarolarning mamlakatda bo‘lishiga oid asosiy huquqiy meʼyorlar va qoidalar bilan batafsil tanishtirib, giyohvand moddalarni saqlash, tarqatish va isteʼmol qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini alohida taʼkidladilar. Talabalarga qonunchilikka rioya etishning ahamiyati, shaxsiy masʼuliyat hamda huquqbuzarliklar va ularning oqibatlar eslatib o‘tildi.

O‘z navbatida, yoshlar uyushmasi vakili o‘zbekistonlik talabalarning jamoatchilik va yoshlar tashabbuslarida faol ishtirok etish imkoniyatlari haqida gapirib, yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha maslahat va tashkiliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mazmunli muloqot va talabalarga ko‘rsatilgan eʼtibor uchun elchixonamiz vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish