Logo

Buxoroda boshlangan loyiha Germaniyada yangi ish o‘rinlarini ochmoqda

Aprel 07, 2026. 18:49 • 2 daq

169
Buxoroda boshlangan loyiha Germaniyada yangi ish o‘rinlarini ochmoqda

BERLIN, 12-aprel. /“Dunyo” AA/. Buxoro shahrida amalga oshirilgan tajriba loyihasi natijasida ko‘plab o‘zbekistonliklar Germaniyada go‘shtni qayta ishlash sohasida ish bilan taʼminlanmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu amaliyotni mamlakatning boshqa hududlariga ham joriy etish maqsadida O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev hamda Germaniyaning “Premium Food Group” menejeri Tomas Fyorster o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Hujjatga muvofiq, Buxoroda taʼlim olayotgan yuz nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi 2026 yildayoq Germaniyada ish bilan taʼminlanadi. Kelgusida bunday o‘quv dasturlarini Nukus va Termiz shaharlarida ham yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarni yuqori maoshli ish o‘rinlariga joylashtirish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, “Premium Food Group” Germaniyadagi yirik oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, 160 dan ortiq korxonani birlashtiradi. Kompaniya go‘shtni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va logistika sohalariga ixtisoslashgan.

Amalga oshirilayotgan mazkur loyiha kadrlar tayyorlash jarayonini ish beruvchilarning aniq ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirgan samarali hamkorlik modeliga aylanmoqda. Buxoroda boshlangan tajriba xorijda talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni keyinchalik ish bilan taʼminlashda yangi yondashuv sifatida baholanmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish