Logo

Rossiyaning Barnaul shahrida ilk bor O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

Aprel 18, 2026. 18:00 • 2 daq

109
Rossiyaning Barnaul shahrida ilk bor O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda
Rossiyaning Barnaul shahrida ilk bor O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda
Rossiyaning Barnaul shahrida ilk bor O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda
Rossiyaning Barnaul shahrida ilk bor O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda
Rossiyaning Barnaul shahrida ilk bor O‘zbekistonning madaniy va sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

BARNAUL, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. Oltoy o‘lkasida O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan yurtimizning boy madaniy merosi va turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov mazkur forum O‘zbekistonning madaniy-gumanitar yutuqlari va turizm sohasidagi imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilganini ta’kidladi. Uning aytishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Markaziy Osiyoning muhim turizm markazlaridan biriga aylanmoqda. Mamlakatda sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, xavfsizlik va xizmat sifatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Forum doirasida mehmonlarga O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Qayd etilishicha, 2026-yilga kelib Rossiya va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi natijasida rossiyalik sayyohlar soni bir milliondan oshishi mumkin. Ayni paytda ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga 500 dan ortiq reys amalga oshirilmoqda.

Tadbirda Oltoy o‘lkasi hukumati vakillari ham ishtirok etdi. Xususan, Oltoy o‘lkasi hukumati raisining o‘rinbosari – gubernator va hukumat ma’muriyati rahbari Vitaliy Snesar gubernator Viktor Tomenko nomidan ushbu tashabbus uchun minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda ikki hudud o‘rtasidagi madaniy va turizm aloqalari sezilarli darajada faollashganini qayd etdi.

Shuningdek, “Oltoy o‘lkasi xalqlari uyi” direktori Natalya Razgonyayeva O‘zbekiston madaniyati va tarixi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lganidan mamnun ekanini ta’kidladi. U o‘zbek diasporasini qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanini aytdi.

Forum doirasida turizm sohasiga bag‘ishlangan davra suhbati ham o‘tkazildi. Unda Oltoy o‘lkasining turizm tashkilotlari va yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi. Ular O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ta’kidlab, yangi turizm yo‘nalishlari bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, ilgari O‘zbekiston asosan Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘liq madaniy turizm yo‘nalishi sifatida tanilgan bo‘lsa, bugungi kunda mamlakatda ko‘p tarmoqli turizm tizimi shakllanmoqda. Ayniqsa, ichki logistika va sayohatlarni tashkil etish imkoniyatlari ancha yaxshilangan.

Rossiya tomoni O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Ayniqsa, tarixiy, etno-gastronomik, bolalar, tibbiyot va avto turizm yo‘nalishlariga qiziqish katta.

Muzokaralar yakunida shu yil noyabr oyida Oltoy o‘lkasi turoperatorlarining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish