Buxoro viloyatida yetishtirilgan meva-sabzavotlar va parrandachilik mahsulotlari Qatarga eksport qilinadi
Iyul 22, 2024. 11:44 • 38 soniya
• 556
DOXA, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida mahalliy mahsulotlarimiz eksporti hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish maqsadida 15-19-iyul kunlari Buxoro viloyati eksportyorlari delegatsiyasining Qatarga xizmat safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida Qatarning eng yirik savdo tarmoqlari va importyor korxonalari, jumladan "Carrefour", "LuLu", "Ansar Gallery", "Monoprix", "High Com Global" kabi kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazildi.
Muzokaralar chog'ida Qatar tomoniga O'zbekistonda eksport bilan shug'ullanadigan korxonalar uchun yaratib berilgan qulay sharoit, yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning sifati bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.
Uchrashuvlar yakunida "Milmaxtrade" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yurtimizda yetishtirilgan ho'l va quritilgan meva-sabzavot hamda parrandachilik mahsulotlarini Qatarga yetkazib berish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi
Daniya bozoriga ilk bor o‘zbek mahsulotlari eksport qilindi