Misrda O'zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi
Iyun 20, 2025. 12:53 • 53 soniya
• 202
QOHIRA, 20-iyun. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida Misrda "Tanta Motors" kompaniyasi va O'zbekistonning "AgroTex Klaster" korxonasi vakillai o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari, shuningdek, uni yana-da rivojlantirish yo'nalishlari muhokama qilindi. O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo'jaligi texnikalarining yuqori sifati va raqobatbardoshligiga alohida e'tibor qaratildi.
Xorij tomoni qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, Misrda O'zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqarishning to'liq siklini tashkil etish, shuningdek, Afrika bozorlariga mazkur mahsulotlarning eksportini yo'lga qo'yish kabi yo'nalishlarda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Hamkorlik aloqalarining amaliy bosqichlarini muhokama qilish maqsadida shu yilning iyul oyida "AgroTex Klaster" ishchi guruhining Misrga safarini tashkil qilishga kelishib olindi.
"Tanta Motors" kompaniyasi 1950-yilda tashkil topgan. U Misrda qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi xususiy korxonalardan biridir. Mazkur kompaniya kichik hajmdagi traktorlardan tortib, turli qishloq xo'jaligi texnikasi, jihoz va uskunalargacha ishlab chiqaradi. "Tanta Motors" mahsulotlari Afrika, Yevropa va Yaqin Sharqning 20 dan ziyod mamlakatlariga eksport qilinadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Kuvayt bozorlariga o‘zbek mahsulotlari eksporti oshiriladi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi