Logo

O'monga Qo'qon holvalarining eksporti yo'lga qo'yildi

Aprel 01, 2024. 12:15 • 39 soniya

569
O'monga Qo'qon holvalarining eksporti yo'lga qo'yildi

MASKAT, 1-aprel. /"Dunyo" AA/. Qo'qon shahrida pishirilgan holvalarning O'monga eksporti yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Qo'qon shahridagi "Avvali" holva ishlab chiqarish korxonasi rahbari Abdulatif Xolmatov va O'monning "East coast Jewells LLC" kompaniyasi rahbari Yaser al-Nabhani o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Uchrashuvda O'zbekistonda tayyorlangan holvalarni O'mon bozoriga eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi. E'tiborlisi, O'mon tomoni o'zbek holvalarini sotish olishga katta qiziqish bildirdi.

Muzokaralar natijasi o'laroq, Qo'qon holvapazlari tomonidan tayyorlangan shirinliklarning birinchi partiyasi O'monga yetkazib berildi. Jumladan, 30-mart kuni salkam 150 kg. holva Maskatga keltirildi va shahardagi shirinliklar sotishga ixtisoslashgan savdo tarmoqlariga tarqatildi.

"Ta'mi va qadoqlarning did bilan bezatilgani nuqtai nazaridan ushbu mahsulotlar yuqori sifat darajasiga ega. Biz o'zbek holvasi tez orada O'monda xaridorgir mahsulotlar qatoridan o'zining munosib o'rnini egallashiga ishonamiz", dedi Yaser al-Nabhani.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish