O'zbekistonda yetishtirilgan organik mahsulotlar avstriyalik xaridorlarda katta qiziqish uyg'otmoqda
Mart 28, 2024. 12:36 • 54 soniya
• 269
VENA, 28-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan "Global Export" kompaniyasi va avstriyalik hamkorlar o'rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekistonda yetishtirilayotgan organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini quritilgan ko'rinishda Avstriya bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Soha mutaxassislarining aytishicha, bugungi kunda O'zbekistonning quritilgan mevalari va dukkakli mahsulotlariga Yevropa bozorida katta talab mavjud. Shuning uchun avstriyalik hamkorlar organik mahsulotlar yo'nalishida faoliyatni kengaytirish maqsadida O'zbekistonning "Global Export" kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
Avstriya tomoniga ko'ra, joriy yilda O'zbekistondan mayiz, gilos, anor, yong'oq, bodom, o'rik, malina kabi quritilgan organik mahsulotlarni xarid qilish rejalashtirilgan.
Onlayn uchrashuvda tomonlar mahsulotlar turini aniqlab olish uchun ularning ro'yxati, qo'shimcha talablari to'g'risida ma'lumot almashishga va shundan so'ng eksport shartnomasini imzolash masalasini ko'rib chiqishga kelishib olishdi.
2017-yilda tashkil etilgan "Global Export" kompaniyasi O'zbekistonda organik sertifikati bilan mahsulotlarni eksport qiluvchi sanoqli kompaniyalar qatoriga kiradi. Kompaniya bugungi kunda dunyoning 45 ta davlatiga, shu jumladan 16 ta Yevropa mamlakatiga organik mahsulotlarni eksport qilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi