Logo

Qatar kompaniyasi O'zbekistonda ta'lim va ko'ngilochar bog' barpo etish loyihasida ishtirok etishi mumkin

Yanvar 28, 2024. 15:31 • 55 soniya

697
Qatar kompaniyasi O'zbekistonda ta'lim va ko'ngilochar bog' barpo etish loyihasida ishtirok etishi mumkin

DOXA, 28-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida mamlakatimizning "SilkRoadInvest Group" mas'uliyati cheklangan jamiyati va Qatarning "Power International Holding" (PIH) kompaniyasi rahbariyati o'rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida Toshkent viloyatida 180 gektar maydonda umumiy qiymati 300 million AQSH dollariga teng bo'lgan "Silk Road Land Edutainment Park" bog'ini barpo etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


O'zbekiston vakillari Qatar tomoniga mazkur loyihaning biznes rejasini taqdimot qildilar. Qizg'in muhokamalardan so'ng tomonlar o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.


Uchrashuv yakunida mazkur loyiha joylashgan manzilni ko'zdan kechirish va uni amalga oshirish shartlarini batafsil muhokama qilish maqsadida shu yil fevral oyida «Power International Holding» kompaniyasi vakillarining yurtimizga biznes-missiyasini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.


1983-yilda tashkil etilgan «Power International Holding» Qatarning xususiy sektordagi eng yirik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya bugungi kunda dunyoning 19 ta mamlakatida faoliyat olib bormoqda. "Forbs" nashriga ko'ra, "PIH" Yaqin Sharqdagi o'n uchinchi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Korxona ishchilari soni 65 mingdan ortiq. Shu kunga qadar amalga oshirgan loyihalari soni 1100 tani tashkil qiladi. "PIH"ning Qatardagi oziq-ovqat sanoatidagi ulushi 70 foiz.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish