Polsha universiteti O‘zbekistondagi filialini rivojlantirish uchun 2,35 million dollar investitsiya kiritadi
Yanvar 23, 2026. 09:54 • 42 soniya
• 1338
VARSHAVA, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi diplomatlari “Varsovia” biznes va amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri
Muloqot davomida “Varsovia” universiteti rahbariyati 2026–2028-yillar davomida Andijon viloyatidagi ushbu taʼlim dargohi filiali faoliyatiga jami 2,35 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish rejasini maʼlum qildi.
Mazkur investitsiya mablag‘larini moddiy-texnik bazani rivojlantirish, o‘quv infratuzilmasini yaxshilash, filial ustav kapitalini oshirish hamda litsenziya talablariga rioya etishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




