Logo

Shveysariyaning O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Noyabr 19, 2025. 19:16 • 2 daq

280
Shveysariyaning O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 19-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov Shveysariyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotlariga ko'ra, uchrashuvda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsion, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi o'zaro hamkorlikning dolzarb masalalari va istiqbollari muhokama qilindi. 2026-yilga mo'ljallangan qo'shma tadbirlar rejalari ko'rib chiqildi.

Suhbat jarayonida asosiy urg'u ikki davlat tashqi siyosat idoralari rahbarlari o'rtasidagi shu yil 16-oktyabr kuni Bern shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar doirasida kelishilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.

Uchrashuv yakunida tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlislari, "Shveysariya iqtisodiyoti kunlari O'zbekistonda" tadbirlari hamda delegatsiyalarning o'zaro tashriflarini o'tkazish bo'yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish