Logo

TIVda Litva tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Noyabr 27, 2025. 18:39 • 59 soniya

435
TIVda Litva tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 27 noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev kecha Litva tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Taurimas Valis bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot jarayonida O'zbekiston–Litva o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqida to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Ishbilarmonlik tashriflarini rivojlantirish, mehnat migratsiyasi va ta'lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari batafsil ko'rib chiqilib, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish