Vengriyaning O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o'tkazildi
Noyabr 19, 2025. 15:57 • 2 daq
• 262
TOSHKENT, 19-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov Vengriyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda o'zbek-vengriya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalar, 2026-yilga mo'ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Tomonlar O'zbekiston va Vengriya o'rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash va hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitishni qo'llab-quvvatlagan.
Muloqot jarayonida bir qator qo'shma tadbirlarni o'tkazish, jumladan, tashqi siyosat idoralari o'rtasida siyosiy maslahatlar, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlislari, ishbilarmonlar kengashi, hududlar va universitet rektorlarining forumlarini tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi