TIV Samarqand shahrida o'tkaziladigan YUNESKO Bosh konferensiyaning 43-sessiyasini yoritish uchun OAV vakillarini akkreditatsiya qilish jarayoni boshlanganini ma'lum qildi
Sentabr 16, 2025. 17:54 • 49 soniya
• 351
TOSHKENT, 16-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Samarqand shahrida o'tkaziladigan YUNESKO Bosh konferensiyaning 43-sessiyasini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish jarayoni boshlanganini ma'lum qiladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, konferensiyani yoritishda qatnashishni istagan jurnalistlar BMTning "INDICO" platformasida ro'yxatdan o'tib, akkreditatsiyadan o'tishlari lozim.
Onlayn ro'yxatdan o'tish shakli quyidagi havola orqali taqdim etiladi:https://indico.un.org/event/1017853/registrations/21114/.
OAV vakillarining arizalari 2025-yil 10-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan murojaatlar, shuningdek zarur ma'lumotlarsiz va to'ldirilgan so'rovnomasiz arizalar ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Shu bilan birga, sammitni yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAV vakillarining topshirgan arizalari O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to'g'risidagi tasdiqnomasiz O'zbekistonga tashrif buyurish va jurnalistik faoliyati bilan shug'ullanish uchun asos bo'la olmaydi.
Qo'shimcha savollar yuzasidan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatiga press@mfa.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o'z ishini rasman yakunladi