Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi gastrol safari bilan Turkiyaga bordi
Oktabr 04, 2025. 10:52 • 50 soniya
• 84
ANQARA, 6-oktyabr /"Dunyo" AA/. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi gastrol safari Turkiyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar davomida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi Antaliya shahrida o'tkazilgan "Aspendos" xalqaro opera va balet festivalida ishtirok etdi.
O'zbekiston vakillari ikki ming yillik tarixga ega "Aspendos" teatr sahnasida "Traviata" spektaklini namoyish etishdi. Mazkur spektakl tomoshabinlar ijobiy taassurot qoldirdi.
Sahna asari yakunida so'zga chiqqan O'zbekistonning Antaliyadagi faxriy konsuli Barish Gyokche o'zbek san'atining eng ilg'or vakillari ijrosini e'tirof etdi. "Bu yil Ota yurtimiz – O'zbekistonning marvaridi bo'lgan Samarqand – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi mezbonlik qiladi. Bu 40 yilda ilk bor Parijdan tashqarida o'tkaziladigan tadbirdir. O'ylaymanki, O'zbekiston teatr san'ati vakillari ijrosidagi bugungi spektakl nima uchun aynan Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasiga mezbonlik qiladi, degan savolga javob berdi. Zero, O'zbekiston madaniyatlar kesishgan makon, san'atlari bilan tarixda nom qozongan diyor", - dedi u.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o'z ishini rasman yakunladi