Logo

"The New Indian Express": O'zbekistonda kino afsonasi Raj Kapur hayoti va ijodiga oid kitob taqdimoti bo'lib o'tdi

Dekabr 19, 2024. 17:46 • 54 soniya

130
"The New Indian Express": O'zbekistonda kino afsonasi Raj Kapur hayoti va ijodiga oid kitob taqdimoti bo'lib o'tdi

DEHLI, 19-dekabr. /"Dunyo" AA/. Hindistonning yetakchi nashrlaridan biri – "The New Indian Express" gazetasi O'zbekistonda taniqli hind kinorejissyori Raj Kapur tavalludining 100 yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan tadbirlar haqida maqola chop etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallif ushbu hind kino afsonasi Bollivud filmlarini O'zbekistonda mashhur bo'lishida muhim rol o'ynagan, deb ta'kidlagan.

O'zbekistonda "Mera joota hai japani" ashulasini haligacha ko'plab insonlar xirgoyi qilishini ko'rishingiz mumkin. Raj Kapur Toshkentga tez-tez kelib turgan va u hamisha kino shinavandalarining qo'rshovida bo'lgan. Mamlakat aholisi Bollivudni bugun ham dunyoning boshqa o'lkalariga nisbatan yaxshiroq biladi va hindistonlik sayyohlarni Shohruh Xon, Ayshvariya Ray, Raj Kapur va boshqa mashhur kino yulduzlari haqidagi savollarga tutadi, deb yozgan jurnalist.

Nashr o'quvchilari e'tibori shu kunlari O'zbekiston poytaxtida Raj Kapur tavalludining 100 yilligiga bag'ishlab turkum tadbirlar o'tkazilayotganiga qaratilgan. Xususan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda Raj Kapur hayoti va ijodiga oid kitob taqdim etilgani haqida ham ma'lum qilingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish