Logo

Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari O'zbekiston haqida

Noyabr 25, 2023. 11:34 • 2 daq

112
Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari O'zbekiston haqida

 AR-RIYOZ, 25 noyabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining «Al Harir.info» veb-saytida O'zbekistonda kechayotgan muhim voqealarga bag'ishlangan turkum maqolalar e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Xususan, mazkur nashrda joylashtirilgan «O'zbekistonning Buxoro shahri YUNESKOning ijodiy shaharlar tarmog'iga qo'shildi» sarlavhali maqolada YUNESKOning ijodiy shaharlar tarmog'iga 55 ta yangi shahar qo'shilgani ma'lum qilingan. «Ular orasida Buxoro shahri ham bor», - deyiladi manbada.

 Saudiya nashrida e'lon qilingan «Air Samarkand» aviakompaniyasi birinchi Airbus A330-300 rusumli avialaynerni qabul qilib oldi» sarlavhali materialda Airbus A330-300 rusumidagi samolyot Samarqandga yetib kelgani qayd etilgan.

«2023 yil oxiriga kelib, kompaniya yana beshta samolyotni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya dastlab ikkita o'rta masofali Airbus A320 samolyoti bilan to'liq iqtisodiy konfiguratsiyada ishlash rejalarini belgilab olgan. Bunda, Rossiya va Osiyo mamlakatlarining 14 ta shahri havo yo'li orqali bog'lanadi. Samarqand xalqaro aeroportidan esa asosiy baza sifatida foydalaniladi», - deb yozgan elektron nashr.

«Al Harir.info» tomonidan tarqatilgan «Toshkent xalqaro sayyohlik ko'rgazmasi 1500 ishtirokchiga o'z eshiklarini ochdi» sarlavhali maqolada esa  poytaxtimizda bo'lib o'tgan «Ipak yo'lida turizm» 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida bo'lib o'tgan tadbirlar qalamga olingan.

«So'nggi yillarda O'zbekistonda turizm sohasidagi investitsiya va ishbilarmonlik muhiti sezilarli darajada yaxshilandi, - deyiladi maqolada. - Ushbu yo'nalishda soliq imtiyozlari va soddalashtirilgan tartiblar joriy etildi, yangi mehmonxonalar qurilishi qo'llab-quvvatlandi va xalqaro mehmonxona brendlarini joriy etishga alohida e'tibor qaratildi».

Qayd etilishicha, O'zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli 2017 yildan buyon xorijlik sayyohlar soni uch barobarga oshdi. Joriy yil oxirigacha mamlakatga 7 million xorijiy sayohatchining tashrif buyurishi kutilmoqda, kelgusi yilda ushbu raqamni 10 millionga yetkazish rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish