Chexiyada “Tinchlik volontyorlari” guruhi o‘z faoliyatini boshladi
Noyabr 23, 2026. 18:30 • 2 daq
• 36
PRAGA, 23-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida “Tinchlik volontyorlari” guruhining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda Chexiyada istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan 30 nafardan ortiq vatandosh ishtirok etib, harakatning maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rejalari bilan tanishdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida volontyorlik madaniyatini rivojlantirish, vatandoshlarni jamoatchilik ishlariga keng jalb etish, xalq diplomatiyasini mustahkamlash, milliy madaniyat va o‘zbek tilini xorijda targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida eng faol ishtirokchilardan iborat 15 nafar vatandoshdan tashkil topgan dastlabki volontyorlar guruhi shakllantirildi. Guruh faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida maxsus telegram guruhi tashkil etildi.
Uchrashuvda 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan faoliyat rejasi ham muhokama qilinib, madaniy-gumanitar, ta’limiy va sport tadbirlarini tashkil etish, o‘zbek tili va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, volontyorlik hamda xalq diplomatiyasi yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur tadbir Chexiyada “Tinchlik volontyorlari” harakati faoliyatini yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘lib, xorijdagi vatandoshlarni yagona ezgu maqsad – tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari atrofida birlashtirishga xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi